«sud ishi» tegli maqolalar


“O‘lim holatiga olib kelishini bilmaganmiz”. Sudlanuvchi — “Dok-1 Maks” siropi laboratoriyadan o‘tkazilmagani haqida
7 sentabr 2023, 11:49

“O‘lim holatiga olib kelishini bilmaganmiz”. Sudlanuvchi — “Dok-1 Maks” siropi laboratoriyadan o‘tkazilmagani haqida

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi sirop laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilmaganini tan oldi. Uning aytishicha, 12 yillik faoliyati davomida Dori vositalari ekspertizasi davlat markazida biror marta ham dorilar tekshirilmagan, Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar esa e’tiroz ham bildirmagan.

“Dok-1 Maks” ishi. Sudlanuvchi — $33 ming pora haqida
28 avgust 2023, 13:21

“Dok-1 Maks” ishi. Sudlanuvchi — $33 ming pora haqida

Farmatsevtika agentligining sobiq xodimi “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda agentlik sobiq rahbari ikkita kompaniyaga tayinlangan inspeksion tekshiruvni bekor qilish bo‘yicha topshiriq berganini aytdi. Amaldor esa buni inkor qilib, hujjatga bilmasdan imzo qo‘yib yuborgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Nukus voqealari bo‘yicha yana 39 nafar sudlanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi
17 mart 2023, 11:47

Nukus voqealari bo‘yicha yana 39 nafar sudlanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi

17 mart kuni Buxoro viloyati sudida Nukus voqealarida qatnashganlikda gumonlangan yana 39 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi. Ularning 28 nafariga 5 yildan 11 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi. 11 nafar ayblanuvchi esa shartli ravishda sud zalidan ozod qilindi.

Mustaqil komissiya suddan Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchiga adolatli jazo so‘radi
17 mart 2023, 11:00

Mustaqil komissiya suddan Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchiga adolatli jazo so‘radi

Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil komissiya a’zolari sud raisidan Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchiga nisbatan insonparvarlik tamoyillari asosida, adolat mezonlariga muvofiq jazo tayinlanishini so‘radi.

Nukus voqealari bo‘yicha yangi sud jarayoni boshlandi. 39 nafar sudlanuvchiga ayblov e’lon qilindi
6 fevral 2023, 15:32

Nukus voqealari bo‘yicha yangi sud jarayoni boshlandi. 39 nafar sudlanuvchiga ayblov e’lon qilindi

O‘tgan yozda Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarda ishtirok etganlikda gumon qilingan yana 39 nafar fuqaro ustidan Buxoroda sud jarayoni boshlandi. Ular orasida bank huquqshunosi, advokat, jurnalistlar, haydovchilar, ishsizlar va boshqalar bor. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Lolagul Kallixanova — eng katta xatosi, «Exo-kamera» va sud ishi haqida
31 yanvar 2023, 18:42

Lolagul Kallixanova — eng katta xatosi, «Exo-kamera» va sud ishi haqida

Qoraqalpog‘iston voqealari ishi yuzasidan aybli deb topilgan va shartli ravishda ozod qilingan Lolagul Kallixanova o‘zining eng katta xatosi, «Exo-kamera»ga qanday tushib qolgani va chiqib keta olmagani, qolaversa, sud faoliyati haqida so‘zlab berdi.

«Sud hali yakuniga yetmadi». Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani haqida
13 sentabr 2022, 16:36

«Sud hali yakuniga yetmadi». Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani haqida

Adliya vazirining o‘rinbosari Muzraf Ikramov Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani va $303 mlnlik mablag‘ni qaytarib olishi mumkinligiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud hali yakuniga yetmadi va O‘zbekiston tomoni Shveysariya organlari bilan tegishli choralarni ko‘rmoqda.

Endi arizalarni sudga taalluqli bo‘lmagani uchun rad etish taqiqlanadi
31 yanvar 2022, 13:13

Endi arizalarni sudga taalluqli bo‘lmagani uchun rad etish taqiqlanadi

Prezident qarori bilan arizalarni sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli rad etish yoki ish yuritishni tugatish taqiqlanadi. Bu holatla arizalar ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan sudga o‘tkaziladi. Qolaversa, ma’muriy sudlarning qarorlari davlat organlari tomonidan ijro qilinmaganda, ularning mansabdorlari jarimaga tortiladi.

Bosh prokuraturaning vafot etgan xodimiga oid sud ishi boshqatdan ko‘rib chiqiladi
6 dekabr 2021, 17:15

Bosh prokuraturaning vafot etgan xodimiga oid sud ishi boshqatdan ko‘rib chiqiladi

Marhum xodimning otasi nafaqa pullarini talab qilib, Bosh prokuratura ustidan apellyatsiya shikoyati kiritgani ma’lum qilingandi. Ish Toshkent shahar FIB sudlov hayatida ko‘rib chiqildi va marhumning otasi boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa olish huquqiga ega emasligi aniqlandi. Ish birinchi instansiya sudiga marhumning turmush o‘rtog‘i ishtirokida ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Marhum xodimning otasi nafaqa pullarini talab qilib, Bosh prokuraturani sudga berdi
2 noyabr 2021, 19:40

Marhum xodimning otasi nafaqa pullarini talab qilib, Bosh prokuraturani sudga berdi

Aprel oyida vafot etgan Bosh prokuratura xodimi Samir Rahmonovning otasi qonunda belgilangan tartibda nafaqa pullari to‘lab berilmaganini ma’lum qildi. Shu sabab marhumning otasi Bosh prokuratura ustidan sudga murojaat qildi. Biroq, FIB Mirobod tuman sudi da’vo arizasini rad qildi. Da’vogar esa sudga apellyatsiya shikoyatini kiritgan.

“Voqea joyida sudlanuvchilarning hech birini ko‘rmaganman” — “So‘x voqealari” bo‘yicha sudda guvoh ko‘rsatuvi tinglandi
12 fevral 2021, 15:20

“Voqea joyida sudlanuvchilarning hech birini ko‘rmaganman” — “So‘x voqealari” bo‘yicha sudda guvoh ko‘rsatuvi tinglandi

“So‘x voqealari” bo‘yicha navbatdagi sud majlisida besh nafar jabrlanuvchi va bir nafar guvohning ko‘rsatuvi tinglandi. “Sudlanuvchilarning hammasini taniyman. Lekin voqea joyida ularning hech birini ko‘rmaganman”, — dedi guvoh. Jabrlanuvchilarning ikki nafari esa ayblanuvchilarni voqea joyida bo‘lmaganini, ulardan shikoyati yo‘qligini aytdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting